Aloqada bo‘ling

Bloger Ruxsora Em bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan trek chiqardi

Bloger Ruxsora Em bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan trek chiqardi

Taniqli bloger va xonanda Ruxsora Em o‘z muxlislarini yangi qo‘shig‘i bilan quvontirdi. U bo‘lajak umr yo‘ldoshi Shoxrullo Abdullayev bilan duyet ijro etgan. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berdi.

“Sevgimi bu yo urush” deb nomlangan trek barcha platformalarda taqdim etildi va juftlikning obunachilari orasida darhol qiziqish uyg‘otdi.

Qo‘shiq sevgi va munosabatlardagi qarama-qarshi his-tuyg‘ularni ifodalovchi lirik asar sifatida talqin qilinmoqda. Ruxsora Em va Shoxrullo Abdullayevning birgalikdagi chiqishi ko‘pchilik tomonidan iliq kutib olindi, ayrim muxlislar esa ularni san’atda ham, hayotda ham bir-birini to‘ldiruvchi ijodiy juftlik sifatida baholashdi.

Trek tizeridan so‘ng qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Videolavhalar ostida minglab izohlar qoldirilib, foydalanuvchilar qo‘shiqdagi so‘zlar va ijrodagi samimiyatni alohida e’tirof etishdi. Ko‘plar Ruxsora Emning ovozidagi hissiyot va Shoxrulloning mos ijrosi duyetni yanada ta’sirchan qilganini ta’kidlashmoqda.