Aloqada bo‘ling

Bloger Sevisha bo‘lajak farzandining jinsini ma’lum qildi

Bloger Sevisha bo‘lajak farzandining jinsini ma’lum qildi

Taniqli bloger Sevisha kuzatuvchilariga o‘g‘il farzandli bo‘lishi haqidagi xushxabarni yetkazdi. Bu haqda u o‘zining Instagram`dagi shaxsiy sahifasida ma’lum qildi va gender-pati videosini joylashtirdi.

Videoda bloger ayol qutichani ochadi, undan o‘g‘il farzand ko‘rishini anglatuvchi ko‘k sharlar uchib chiqadi. 

Sevisha avvalroq ham o‘z obunachilariga o‘g‘il farzandli bo‘lishi haqida uch marta tush ko‘rgani uchun buni his qilganini aytgandi.

Obunachilar bo‘lajak onani izohlarda faol tabriklab, uning tug‘rug‘i oson kechishini tilamoqda.