Aloqada bo‘ling

Bloger Shahlo Alijonova qachon tug‘ishi haqidagi savolga javob berdi

Bloger Shahlo Alijonova qachon tug‘ishi haqidagi savolga javob berdi

Taniqli bloger Shahlo Alijonova folloverining farzandini qachon dunyoga keltirishni rejalashtirayotgani haqidagi savoliga javob berdi.

Shahlo Instagram`dagi sahifasida mashhur “Bir soniya hozir” qo‘shig‘i aks etgan videoni e’lon qildi va shunday deb yozdi: “Siz qanday savollar beryapsiz, tavba. Hammasi Alloh belgilagan kunda bo‘ladi”, — deb javob berdi Shahlo.

Bloger turmush qurganidan keyin shunday savollar ko‘p berilayotganini bir necha bor ta’kidlagandi. Muxlislar esa undan shu haqda so‘rashdan o‘zini tiymayapti.

Eslatib o‘tamiz, bloger Shahlo Alijonova rejissyor va aktyor Shohrux Ro‘ziboyevga turmushga chiqqan. Shohrux to‘g‘ridan-to‘g‘ri kinoteatrda unga turmush qurishni taklif qilgandi.