Bloger Xusnora Shadiyeva turmush qurishga tayyorlanayotgan qizlarga maslahat berdi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Taniqli bloger va telebahovchisi Xusnora Shadiyeva turmush qurishga hozirlanayotgan qizlarga qimmatli maslahatlar ulashdi.
U Instagram sahifasida obunachisining kelajakdagi kelinlarga nimalarni tavsiya qilishi haqidagi savoliga javob berdi.
Xusnora qizlarni nikohdan so‘ng o‘zligini yo‘qotmaslikka undadi. U shaxsiy rivojlanish, uzluksiz ta’lim olish va qiziqishlarini saqlab qolishning muhimligini ta’kidladi.
“Albatta, oila muqaddas, ammo insonlarda suhbatlashish uchun mavzular bo‘lishi kerak”, — deya ta’kidladi u.