Aloqada bo‘ling

Blogerlar Nizamo va Umida duet ustida ishlamoqda

Blogerlar Nizamo va Umida duet ustida ishlamoqda

Taniqli blogerlar Samandar Nizomov va Umida Odilova duet tarona ustida ishlayotganini e’lon qilishdi.

Instagram’da joylangan videoda qo‘shiqdan parcha keltirilgan va muxlislarga murojaat qilingan: Trek yoqdimi, chiqaramizmi?

Video hozirga qadar 140 mingga yaqin tomosha qilingan, 8300 kishi layk bosgan. Shuningdek, unga qariyb 500 ta izoh yozib qoldirilgan.

Hozircha taronaning to‘liq versiyasi qachon chiqishi haqida ma’lumot mavjud emas. Uning yaratilishida reper Qarz ham ishtirok etgan.