Aloqada bo‘ling

Bobur koʻchasining bir qismi avtomobillar uchun oktyabrgacha yopildi

Muallif: Mahkamov Humoyun
Bobur koʻchasining bir qismi avtomobillar uchun oktyabrgacha yopildi

Bobur koʻchasi Shota Rustaveli koʻchasi bilan kesishmasidan Nukus koʻchasi bilan kesishmasigacha boʻlgan qismi yopildi.

Toshkent shahridagi Bobur koʻchasining bir qismi avtotransport harakati uchun vaqtincha yopildi.

110 kV li yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini oʻtkazish uchun Yakkasaroy tumanining Bobur koʻchasi Shota Rustaveli koʻchasi bilan kesishmasidan Nukus koʻchasi bilan kesishmasigacha boʻlgan qismi yopildi.

Shu munosabat bilan 18-sentyabrdan 5-oktyabrgacha Bobur koʻchasining mazkur qismida avtotransport vositalari harakati cheklanadi.