Bred Pitt ishtirokidagi “Formula-1” Apple’ning dunyodagi eng yuqori daromad keltirgan filmiga aylandi

“Formula-1” poyga blokbasteri “Napoleon” biopikidan o‘zib ketdi va Apple Studiosning jahon kino prokatidagi eng yuqori daromad keltirgan loyihasiga aylandi.
Bred Pitt ishtirokidagi filmning 10 kunlik relizidan so‘ng uning hisobiga 293,6 million dollar kelib tushdi. Ridli Skottning “Napoleon”i 2023-yilda maydonga tushgan va 221 million dollar o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘lgan. Apple tomonidan kinoteatrlarda namoyish etilgan yana uchta film (“Gulli oy qotillari”, “Argayl: Super josus” va “Menga oyni ko‘rsating”) muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
“Formula-1” sobiq poygachi Sonni Xeysi (Pitt) haqida hikoya qiladi, u umidli ishtirokchi Joshua Pirsni (Demson Idris) musobaqaga tayyorlaydi. Tasma rejissyori Jozef Kosinski (“Top Gan: Meverik”); ikkinchi darajali rollarni Xaver Bardem va Kerri Kondon ijro etgan.
“Formula”ni ishlab chiqarish uchun Apple 300 mln dollarga yaqin mablag‘ sarfladi. Avvalroq OAV filmning davomi tayyorlanayotgani haqida xabar bergandi.