Brendan Freyzer ishtirokidagi “Mo‘miyo 4” filmi anons qilindi
Universal Pictures studiyasi “Mo‘miyo” franshizasining to‘rtinchi qismini yaratmoqda, deya xabar bermoqda ommaviy axborot vositalari.
Bosh rollarga “Oskar” mukofoti sohiblari Brendan Freyzer va Reychel Vays qaytadi. Rejissyorlik kursisini Mett Bettinelli-Olpin va Tayler Jillett (“Qichqiriq”, “Meni izla”) egallaydi. Syujet tafsilotlari va premyera sanasi hozircha noma’lum.
“Mo‘miyo” trilogiyasi 1999-yilda ekranlarga chiqib, butun dunyo bo‘ylab 1,258 milliard dollar daromad keltirgan. Syujet Misr sahrosida qadimiy yovuzlikni uyg‘otgan oltin izlovchilar guruhi haqida hikoya qilardi.
2017-yilda Tom Kruz ishtirokidagi qayta ishlangan versiya namoyish etilgan edi — biroq film prokat va tanqidchilar tomonidan muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 2026-yil bahorida “Yovuz o‘liklar qo‘zg‘oloni” filmi rejissyori Li Kronin va New Line studiyasi hamkorligida serial rebuti ekranlarga chiqadi.