Sport

Chempionlar ligasi oʻtish oʻyinlariga qurʼa tashlandi: “Manchester Siti” “Real” bilan oʻynaydi

Chempionlar ligasi oʻtish oʻyinlariga qurʼa tashlandi: “Manchester Siti” “Real” bilan oʻynaydi

Yevropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga oʻtish oʻyinlari uchun qurʼa tashlandi. “Manchester Siti” nimchorak final yoʻllanmasi uchun “Real” bilan oʻynaydi. Bu juftlik gʻolibini esa keyingi bosqichda “Atletiko” yoki “Bayer” kutadi.

31-yanvar kuni Yevropa futbol assotsiatsiyalari ifttifoqining Non (Shveysariya)dagi bosh qarorgohida Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga oʻtish oʻyinlari uchun qurʼa tashlandi.

Qurʼa natijalariga koʻra, juftliklar quyidagicha koʻrinish oldi:

  • “Brest” — “PSJ” (Gʻolib keyingi bosqichda “Liverpul” yoki “Barselona” bilan oʻynaydi);
  • “Monako” — “Benfika” (“Liverpul” yoki “Barselona”);
  • “Bryugge” — “Atalanta” (“Lill” yoki “Aston Villa”);
  • “Sporting” — “Borussiya” (“Lill” yoki “Aston Villa”);
  • “Manchester Siti” — “Real” (“Atletiko” yoki “Bayer”);
  • “Seltik” — “Bavariya” (“Atletiko” yoki “Bayer”);
  • “Yuventus” — “PSV” (“Arsenal” yoki “Inter”);
  • “Feyenoord” — “Milan” (“Arsenal” yoki “Inter”).

Dastlabki oʻyinlar 11−12-fevralda, javob oʻyinlari esa 18−19-fevralda oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, oʻzbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov 2025-yil yanvar oyi oxirlarida Angliyaning “Manchester Siti” klubiga oʻtgandi. 20 yoshli futbolchi APLda oʻynaydigan ilk oʻzbek futbolchisi hisoblanadi.