China Southern 2025-yilda Toshkentdan Guanjouga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
Muallif:
Mahkamov Humoyun

Shuningdek, aviakompaniya Pekin va Urumchidan Toshkentga parvozlar chastotasini ham oshiradi.
Xitoyning China Southern aviakompaniyasi O‘zbekistonga reyslar sonini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi Transport vazirligi.
Aviakompaniya vakillari 10-sentabr kuni rasmiylar bilan uchrashib, aviatsiya idoralari o‘rtasidagi kelishuvlarning bajarilishini muhokama qildi.
Tomonlar parvozlar chastotasini oshirish, shuningdek, ularning geografiyasini kengaytirishga kelishib oldilar.
Pekin-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftalik reyslar soni 4tadan 7 taga, Urumchidan Toshkentga 3tadan 4taga ko‘paytiriladi.
Bundan tashqari, 2025yildan boshlab China Southern haftada uch marta Urumchi orqali Guanchjoudan Toshkentga uchadi.