Dam olish kunlari poytaxtda havo juda issiq boʻladi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Dam olish kunlari hisoblangan 19 va 20-iyul kunlari Toshkent shahrida kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti e’lon qilindi.
Shanba kuni kunduzi havo kam bulutli boʻlib, harorat esa +43 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi ham havo kam bulutli boʻladi, harorat +27 darajagacha pasayadi.
Yakshanba kuni kunduzi havo kam bulutli boʻladi, harorat +41 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda. Yakshanbadan dushanbaga oʻtar kechasi esa havo biroz bulutli boʻlib, harorat +25 darajagacha pasayadi.