Dedpul keyingi “Qasoskorlar” filmida ishtirok etadi

“The Hollywood Reporter” nashri Dedpulning kelgusi “Qasoskorlar: Qiyomat kuni” kinokomiksida qatnashishi haqida ma’lumot berdi. Bunga ilgari rolni ijro etuvchi Rayan Reynolds ham ishora qilgandi.
Ichki manbalarning aytishicha, qahramon superqahramonlar jamoasining to‘laqonli a’zosiga aylanmaydi. Avvalroq aktyorlar safiga quyidagilar qo‘shilgan: Kichik Robert Dauni (yovuz Doktor Dum rolida), Kris Xemsvort (Tor), Tom Xiddlston (Loki), Pedro Paskal (Mister Fantastik), Patrik Styuart (Professor Iks), Ian MakKellen (Magnito) va boshqalar.
Filmni aka-uka Jo va Entoni Russolar suratga oladi. Tasvirga olish ishlari Buyuk Britaniyada olib borilmoqda.
Premyera 2026-yil dekabr oyiga rejalashtirilgan. Reynolds oxirgi marta o‘tgan yilgi “Dedpul va Rosomaxa” filmida Dedpul qiyofasida namoyon bo‘lgan edi.