Kino

“Dekster” prikkveli birinchi mavsumdan keyin tugatildi

“Dekster” prikkveli birinchi mavsumdan keyin tugatildi

“Dekster: Ilk gunoh” seriali ikkinchi mavsumga ega bo‘lmaydi. Bu haqda ommaviy axborot vositalari Showtime va Paramount+ kanallariga asoslanib xabar bermoqda.

Shu yilning aprel oyida platforma rahbariyati yosh Dekster Morgan haqidagi prikvelni davom ettirishga buyurtma bergan edi, ammo keyinchalik bu fikrdan voz kechdi.

Buning o‘rniga, xizmat iyul oyida efirga chiqqan Maykl S. Xoll ishtirokidagi “Dekster: Qayta tirilish” serialining ikkinchi mavsumini ishlab chiqishga faol kirishadi.

“Ilk gunoh” dekabr oyidan fevral oyigacha namoyish etildi va Deksterning (Patrik Gibson) talabali yillari haqida hikoya qilardi. Loyihada shuningdek, Kristian Sleter, Sara Mishel Gellar va Patrik Dempsi ham rol ijro etishgan.