Kino

Devid Xarbor Toni Gilroyning yangi filmida paydo bo‘ladi

Devid Xarbor Toni Gilroyning yangi filmida paydo bo‘ladi

“Juda g‘alati ishlar” seriali yulduzi Devid Xarbor Toni Gilroyning (“Andor”) yangi “Begemot” filmida ishtirok etish uchun muzokaralar olib bormoqda.

Pedro Paskal allaqachon film aktyori sifatida e’lon qilingan.

Filmning syujeti sir saqlanmoqda. Faqat bosh qahramon sifatida skripkachi-musiqachi chiqishi ma’lum.

“Begemot”ni suratga olish ishlari shu yilning kuzida boshlanadi. Chiqarilish sanasi aniqlashtirilmoqda.