Aloqada bo‘ling

Dilime`ning sobiq xotini ajrimning shokka tushiradigan tafsilotlarini ochib tashladi

Dilime`ning sobiq xotini ajrimning shokka tushiradigan tafsilotlarini ochib tashladi

Bloger va vayner Dilime (Dilshod Nazarov)ning sobiq rafiqasi o‘zining Instagram sahifasida ularning birgalikdagi hayoti haqida batafsil ma’lumot berdi.

U ajralishning haqiqiy sabablari noto‘g‘ri talqin qilinganiga ishora qildi. Uning aytishicha, ajralish nafaqat blogerning qamoqqa olinishi, balki u oilaviy zo‘ravonlikka duch kelgani sababli ham yuz bergan.

Ayol Dilshod nafaqat unga qo‘l ko‘targanini, balki oilaviy janjallarini videoga yozib olib, keyin onasiga yuborganini ta’kidladi. Bundan tashqari, u bola uchun aliment miqdorini ham oshkor qildi — bu 1 million 600 ming so‘m ekan.

Bu oshkor etilgan ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda keng aks-sado berdi. Obunachilari bu vaziyatni faol muhokama qilib, sobiq xotinni qo‘llab-quvvatlamoqda va blogerning xatti-harakatlarini qoralamoqda.