Aloqada bo‘ling

Dilnoza Kubayeva jiddiy murojaat bilan chiqdi

Dilnoza Kubayeva jiddiy murojaat bilan chiqdi

Aktrisa Dilnoza Kubayeva ayni vaqtda nega tomoshabinlar teatrga kirmayotgani haqidagi savolga atroflicha javob berdi.

San’atkordan teatrga tashrif buyuruvchilar kamayib ketishining sababi nimada ekani haqida so‘rashgan. U esa masalaga boshqa tomondan yondashgan.

Kubayeva hozirgi zamonda barcha narsa onlayn hal qilinishini aytib, teatrlarda oddiy elektron chipta xarid qilish imkoniyati ham yo‘qligini qayd etgan.

U, shuningdek, tomoshabinlar uchun boshqa qulayliklar, masalan, avtomobil turargohlari tashkil etish kerakligini ham qo‘shimcha qilgan.