Aloqada bo‘ling

Durdona Qurbonova yer ostiga koʻmib tashlandi

Durdona Qurbonova yer ostiga koʻmib tashlandi

Aktrisa Durdona Qurbonova film suratga olish jarayonida yer ostiga koʻmib qoʻyildi.

Sanʼatkorning oʻzi tomonidan eʼlon qilingan videoda ijodiy jamoa vakillari va bir guruh tomoshabinlarni koʻrish mumkin.

Hovlilardan birining tomorqasida chuqur qazilib, uning ichiga Durdona Qurbonova tushirilgan. Aktrisaning boshi tashqarida qolgan.

Durdona videoda davomida “Aktrisa boʻlish ham oson emas” deya qayd etgan. Bu fragment qaysi filmda boʻlishi hozircha nomaʼlum.