Sport

Eldor Shomurodov nima sababdan “Bashakshehir” klubini tanlagani ma’lum bo‘ldi

Eldor Shomurodov nima sababdan “Bashakshehir” klubini tanlagani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiyaning “Bashakshehir” jamoasi bilan shartnoma tuzdi. U “90minut” YouTube podkastida aynan shu klubni tanlaganining asosiy sabablari haqida so‘z yuritdi.

Futbolchining aytishicha, unga Osiyoning bir nechta klublaridan, jumladan, BAA va Qatar chempionatlaridan ham takliflar tushgan:

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

“Birlashgan Arab Amirliklari va Qatar jamoalaridan, shuningdek, Turkiyaning boshqa klublaridan ham qiziqish bo‘ldi. Ammo men ‘Bashakshehir’ni tanladim. Sababi, bu jamoa hali yosh klub hisoblanadi va katta bosim yo‘q. 

Eng muhimi, ular Konferensiyalar Ligasida ishtirok etadi. Doimiy o‘yin amaliyoti esa menga Jahon chempionatiga sifatli tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi, deb o‘ylayman”, — dedi Eldor Shomurodov.

Ma’lumot o‘rnida, Shomurodov Italiya klubi “Roma”dan “Bashakshehir”ga ijaraga berilgan. U Istanbul klubi tarkibida 2026-yil yozigacha to‘p suradi. Shartnoma shartlariga ko‘ra, istanbulliklar futbolchini keyinchalik to‘liq xarid qilish huquqiga ham ega.