Eldor Shomurodovning transfer bahosi oshdi

"Transfermarkt" portali tomonidan Italiya A Seriyasida to‘p surayotgan futbolchilarning transfer qiymatlari yangilandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi va Rimning “Roma” klubi a’zosi Eldor Shomurodovning qiymati 1 million yevroga oshib, hozirda 5 million yevroga teng deb baholanmoqda.
Mazkur o‘sish, asosan, murabbiylar shtabi tomonidan Shomurodovga bildirilgan yangilangan ishonch va Eldorning bu ishonchni oqlay olganiga bog‘liq tarzda izohlanmoqda. Shuningdek, A Seriyada 29–32 yosh oralig‘idagi futbolchilar orasida faqatgina Romelu Lukaku undan yuqoriroq qiymatga ega bo‘layotgani e’tiborga loyiq jihat sifatida qayd etilgan.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Ayni paytda Shomurodov “Roma” klubining eng qimmat 19-futbolchisi hisoblanmoqda. U shuningdek, o‘zbekistonlik futbolchilar orasida eng yuqori baholangan uchinchi futbolchi sanaladi. Uning ustidan faqat Abduqodir Husanov (35 million yevro) va Abbosbek Fayzullayev (8 million yevro) joy olgan.
Qayd etilishicha, yakunlangan mavsum davomida Shomurodov “Roma” safida barcha musobaqalar doirasida 37 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 5 bor samarali uzatma bergan. Unga tegishli shartnoma 2026-yilning iyun oyigacha amal qiladi.