“Emili Parijda” serialining beshinchi mavsumi treyleri e’lon qilindi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov
Netflix amerikalik qiz (Lili Kollinz) ning Yevropadagi sarguzashtlari davom etadigan “Emili Parijda” serialining beshinchi mavsumi treylerini taqdim etdi.
Yangi qismlarda qiz Rim va Venetsiyada ishlaydi. Odatdagidek, u ham ish faoliyatida, ham shaxsiy hayotida turli qiyinchiliklarga duch keladi.
Premyera 18-dekabrda bo‘ladi.