Emma Tompson ishtirok etgan “Qabristonga olib boruvchi yo‘l” serialining treyleri e’lon qilindi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Apple TV+ strim-xizmati “Qabristonga olib boruvchi yo‘l” detektiv serialining ilk treylerini taqdim etdi. Premyera 29-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Serialdagi bosh rollarni “Oskar” mukofoti sovrindori Emma Tompson va “Oltin globus” sohibasi Rut Uilson (“Sevishganlar”) ijro etgan.
Syujetga ko‘ra, xususiy tergovchi Zoe Byom (Tompson) Oksfordda yo‘qolgan qizni izlashni boshlaydi. Mahalliy ayol Sara Taker (Uilson) yordamida qahramon tez orada fitnaning markaziga tushib qoladi.
Serial “Sekin otlar” asari muallifi, yozuvchi Mik Gerronning xuddi shu nomdagi birinchi romaniga asoslangan. Birinchi mavsumda jami sakkizta qism rejalashtirilgan.