Endryu Garfild dehqonlar qo‘zg‘oloni haqidagi filmda bosh rolni ijro etadi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

“O‘rgimchak odam” filmi yulduzi Endryu Garfild yangi “Qahr” (The Rage) loyihasida ishtirok etish uchun faol muzokaralar olib bormoqda. Kasting haqida Deadline xabar bermoqda.
Syujet siyosiy va iqtisodiy muammolar fonida butun Angliyani qamrab olgan 1381-yildagi eng yirik dehqonlar qo‘zg‘oloni — Uot Tayler qo‘zg‘oloni haqida hikoya qiladi. Garfild krepostnoy huquqni bekor qilishni talab qilgan isyonchi Taylerni gavdalantiradi.
Filmga Pol Gringrass (“Born ultimatumi”, “Kapitan Fillips”) rejissyorlik qiladi. Dastlab bosh rolga Mettyu Makkonaxi da’vogarlik qilgan. Ijara bilan Focus Features kompaniyasi shug‘ullanadi.
Garfild yil oxirigacha Luka Guadanyinoning “Ovdan keyin” trillerida suratga tushadi.