Aloqada bo‘ling

Erkin kurashchi Gʻulomjon Abdullayev Olimpiada bronza medalini qoʻlga kiritdi

Muallif: Mahkamov Humoyun
Erkin kurashchi Gʻulomjon Abdullayev Olimpiada bronza medalini qoʻlga kiritdi

Shu tariqa Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 3 ta oltin va 3 ta bronzaga yetmoqda va jamoa umumiy hisobda 18-oʻringa koʻtarilib oldi.

-57 kg vazn toifasida harakat qilayotgan Gʻulomjon Abdullayev bronza medali uchun qirgʻizistonlik Almaz Uulu Bekzatga qarshi gilamga chiqdi.

Yakunda Gʻulomjon raqibi ustidan gʻalaba qozonib, Parij-2024 Olimpiya oʻyinlarining bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Shuning bilan, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 3 ta oltin va 3 ta bronzaga yetmoqda.