Aloqada bo‘ling

Farhod Sulaymon imijini eski uslubga qaytardi

Farhod Sulaymon imijini eski uslubga qaytardi

Xonanda Farhod Sulaymon uzun sochlarini kesib, o‘zining eski uslubiga qaytdi.

29-aprel kuni Farhodning Instagram’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilingan videoda u o‘z sochlarini kesayotganini ko‘rish mumkin.

“Sizlar so‘radingiz, men bajardim. Faqat siz uchun!” deb ta’kidlaydi qo‘shiqchi video davomida. Tasvirdan u sartaroshxonada o‘tirgani anglashiladi.

Eslatib o‘tamiz, Farhod 2010-yillarda katta mashhurlikka erishgan Farhod va Shirin duetining sobiq a’zosi hisoblanadi. Guruh 10-yillar oxirlarida ajralib ketgan.