Aloqada bo‘ling

Farrux Soipov: filmlari, biografiyasi va O‘zbekistonning bir paytlar mashhur aktyorining hozirgi hayoti

Muallif: Masha Mashkova
Farrux Soipov: filmlari, biografiyasi va O‘zbekistonning bir paytlar mashhur aktyorining hozirgi hayoti

Farrux Soipov — 2000-yillardagi o‘zbek kinosining eng mashhur yulduzlaridan biri hisoblanadi. U 2017-yilda kinoni tark etdi, so‘ngra esa uning diniy va siyosiy qarashlari borasidagi mishmishlar tufayli munozara markaziga aylandi. U hozir qayerda va nima bilan mashg‘ul? Bu haqida maqolamizdan bilib oling.

Farrux Soipov: tarjimai holi

Tug‘ilgan sanasi: 1984-yil 25-sentabr

Burji: Tarozi

Tug‘ilgan joyi: Toshkent

Farrux Soipovning bolaligi haqida kam ma’lumot bor: u O‘zbekiston poytaxtida ko‘p bolali oilada tug‘ilib o‘sgan. Otasi tadbirkor, onasi esa uy bekasi bo‘lgan.

Doim kulib turadigan va jozibador yigit bolaligidan sahnaga mehr qo‘ygan: u qoʻshiq aytishni, oʻynashni va olqishlar eshitishni orzu qilgan. Shuning uchun uning kelajagi deyarli oldindan hal boʻlgan edi.

Ammo oilaning boshlig‘i qarori bilan Farrux huquqshunoslik fakultetida oʻqishni boshladi. Shu bilan birga, u kinoprobalar uchun qatnashishni boshladi. Soipovning birinchi roli – “Marjon” filmida epizodik qahramon edi. Ushbu rol uning hayotini o'zgartirdi: aktyor AQShga borib, aktyorlik mahoratini oʻrganishga qaror qildi.

Qaytib kelganidan soʻng, u “Kelgindi kuyov” filmidagi roli bilan tomoshabinlarning e’tiborini qozondi. Shuningdek, “Yuragim oʻgʻrisi” nomli filmda rejissyor va bosh rol ijrochisi sifatida oʻzini sinab koʻrdi. Bu uning muvaffaqiyat yoʻlini ochdi: Soipov oʻz faoliyati davomida turli obrazlarda va janrlarda oʻzini sinab koʻrdi.

Farrux Saipovning filmlari

Kelgindi kuyov (2005)

So‘g‘diyona (2006)

Panoh (2007)

Feride (2008)

Yuragim oʻgʻrisi (2009)

Oshiqlar (2009)

Nafs (2011)

Osiy banda (2012)

Farrux Soipovning kinodan ketishi

2017-yil boshida Soipov kinodan ketayotganini e’lon qildi. OAVlar bu qarorning asosiy sababini aktyorning dunyoqarashidagi oʻzgarishlar bilan bogʻlashdi.

Aytilishicha, Soipov dunyoni boshqa koʻz bilan koʻra boshlagan va koʻplab narsalarga boʻlgan qiziqishi susaygan. Uning do‘sti va qoʻshiqchi Javohir Zokirovning so‘zlariga ko‘ra, Farrux depressiyaga tushgan va aktyorlik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotgan. Hatto mashhur rejessyorlar takliflariga ham rad javobini bergan.

“Kino – bu tarixda qoladigan asar. Rollarni shunday o‘ynagin-ki, odamlar oʻzbeklar ham ajoyib filmlar suratga olishini tan olishsin,” – derdi Zokirov.

Kinoni tark etgandan so‘ng Farrux o‘zini biznesda sinab ko‘rishni ahd qildi va ekranlardan bir umrga yo‘qoldi.

Farrux Soipovning hozirgi hayoti

Bugungi kunda Soipovning yashash joyi va faoliyati sir tutiladi. 2024-yil oktabr oyida Soipov O‘zbekistondagi jinoiy shaxs Sodiq Samarqandiyga aloqadorligi haqida xabar tarqaldi. Biroq, bu maʼlumot tasdiqlanmagan.

Soipov bundan 10 yil oldin ham diniy guruhlarga aloqadorlikda gumon qilinib, hibsga olingan edi. Uni to‘yi arafasida qo‘lga olishgan va to‘y boshqa kunga ko‘chirilgan. Shu voqeadan so‘ng uning tarafdorlari turli xil versiyalarni ilgari surishgan, ammo bu haqda aniq ma’lumot faqat yaqinlariga ma’lum.

Ammo nima bo‘lganda ham u hali hanuz o‘z muxlislari uchun ajoyib rollarni ijro etgan sevimli aktyor bo‘lib qalblarda qolgan.

Sahnadan diniy doiralarga qarab: bugungi kunda Soipov nima bilan mashg‘ul

2017-yilda kinoni shov-shuvli tarzda tark etganidan so‘ng, Farrux Soipovning nomi yana omma orasida paydo bo‘la boshladi, ammo endi butunlay boshqayo‘nalishda. 2025-yilda u muntazam ravishda islom, ma’naviy o‘sish va o‘zini o‘zi anglashga oid masalalarga bag‘ishlangan diniy videoko‘rsatuvlarda qatnashib kelmoqda. Ushbu videolar YouTubeda B. BismillahGroup kabi kanallarda chiqariladi va e’tiqodli auditoriya orasida juda mashhur.

Sobiq aktyor hayot, e’tiqod va Allohga  tomon yo‘l haqidagi shaxsiy mulohazalari bilan o‘rtoqlashadi. Uning chiqishlarining birida aktyor: «Agar siz Allohni tanisangiz, bu dunyoda hayotingiz o‘zgaradi»,— degan fikrlarni bildirgan. Ushbu chiqishlar san’atkor o‘zining ommaviy faoliyati yo‘nalishini butunlay o‘zgartirganiga aslo shubha qoldirmaydi: