Feruza Jumaniyozova imijini tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirdi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Xonanda Feruza Jumaniyozova tashqi ko‘rinishini chuqur qayta o‘zgartirdi. Bu haqda Instagram’dagi sahifasida xabar berdi.
Ushbu imij stilist Azamat Zaynitdinov tomonidan yaratilgan. U buning uchun bir necha soatlik mehnat talab qilinganini aytib o‘tgan.
“Hayot go‘zal. Uni qadrlash kerak”, — deya yozib qoldirdi xonanda Instagram’ga joylangan post ostidagi izohda.