“Follaut”ning ikkinchi mavsumi treyleri e’lon qilindi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Prime Video striming xizmati “Follaut” serialining davomi treylerini e’lon qildi. Ikkinchi mavsum 17-dekabrda namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Loyiha shu nomdagi o‘yin asosida yaratilgan. Voqealar yadro urushidan keyingi AQShda kechadi. Serialda Ella Pernell, Uolton Goggins, Aaron Moten, Kayl MakLoklen, Makoley Kalkin va Jastin Teru bosh rollarni ijro etishgan.
Ikkinchi mavsum sakkiz qismdan iborat bo‘ladi. “Follaut” 2024-yil bahorida efirga uzatilgan bo‘lib, tanqidchilarning yuqori bahosini olgan va “Emmi” mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Shou ishlab chiqaruvchilari orasida “Yovvoyi G‘arb dunyosi” ustida ishlagan Jonatan Nolan va Liza Joy ham bor.