Futbolchi Eldor Shomurodov rafiqasiga qimmatbaho mashina sovg‘a qildi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning “Bashakshehir” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov rafiqasi Ominaga qimmatbaho sovg‘a berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi turmush o‘rtog‘iga Mercedes-Benz GLS rusumidagi hashamatli avtomobilni tortiq etgan.
Eldor va Omina 2019-yil 28-dekabrda oila qurishgan. 2020-yil 16-dekabrda juftlikning qizi, 2022-yil 15-iyunda esa ikkinchi farzandi — o‘g‘li dunyoga kelgan.
Bundan oldin u otasiga ham qimmatbaho Toyota Land Cruiser 300 rusumli avtomobilni sovg‘a qilgandi. Mazkur avtomobilning narxi 100 ming dollardan yuqori turadi.