Gollivudda “Lilo va Stich” filmining davomi ustida ish olib borilmoqda
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Disney studiyasi “Lilo va Stich” o‘yin filmining davomini ishlab chiqishni boshladi, deb yozadi Variety.
2002-yilda xuddi shu nomdagi animatsion lentaning remeyki may oyida chiqarildi va 914 million dollardan ortiq mablag‘ to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Syujet Gavayida yashovchi qizning o‘zga sayyoralik maxluq bilan do‘stligi haqida hikoya qiladi. Film rejissyori Din Fleisher-Kemp (“Marsel, poyabzal kiygan chig‘anoq”).
Filmning davomi kimlar tomonidan yaratilgani, uning aktyorlar tarkibi va qachon chiqishi hozircha noma’lum. Tanqidchilar remeykka turlicha munosabatda bo‘lishdi: Rotten Tomatoesda 71% va Metacritic'da 100 balldan 53 ball.