Hamdam Sobirov kutilmagan katta yangilikni oshkor qildi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Xonanda Hamdam Sobirov dunyoga mashhur Porsche brendi bilan birgalikda ishlashi mumkin.
U Instagram`da joylagan postida kompaniya ofisida olingan suratni joylab, yangi shartnoma tuzilgani haqida yozdi.
Xonanda shartnoma tafsilotlariga aniqlik kiritmagan. Muxlislar unga omad tilab, faqatgina oldinga yurishni tavsiya qilgan.
Shuningdek, qo‘shiqchining muxlislari undan yangi qo‘shiqlar kutishayotganini yozib qoldirgan. Xonanda bunga javob qaytarmagan.