Aloqada bo‘ling

Hamster Kombat listing sanasi maʼlum boʻldi

Muallif: Mahkamov Humoyun
Hamster Kombat listing sanasi maʼlum boʻldi

Hamster Kombat oʻyininig Telegramʼdagi rasmiy kanalida tokenlar chiqarilishi haqida maʼlumot paydo boʻldi.

Ushbu postdan koʻrinib turibdiki, HMSTR tokeni 26-sentyabr kuni chiqariladi va shu kuni listing boʻlib oʻtadi.

Oʻyin yaratuvchilari tokenlarni foydalanuvchilar oʻrtasida taqsimlashi kerak, shundan soʻng HMSTR roʻyxati TON blokcheynida boʻlib oʻtadi.

Tokenlar tarqatilgach va HMSTR roʻyxatga olinsa, Hamster Kombat oʻyinchilari ekranni bosish orqali ishlab topgan pullarini naqd qilishlari mumkin.

Muhim jihat, 155 milliondan ortiq oʻyinchi oʻzlarining tangalarini naqd qilishni kutmoqda. Shu sababli bu pullar unchalik katta summa boʻlmasligi ehtimoli yuqori.