Aloqada bo‘ling

Hamster Kombat tangalarni tarqatish toʻxtatilishini eʼlon qildi

Muallif: Mahkamov Humoyun
Hamster Kombat tangalarni tarqatish toʻxtatilishini eʼlon qildi

26-sentyabr kuni bir nechta kripto-birjalarda HMSTR tokenining listingi boʻlib oʻtishi kerak.

Hamster Kombat mini-ilovasi 20-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00da yangi tangalar ishlab chiqarishni toʻxtatadi.

“Tayyor turing, biz 12 soat ichida natijalarni qayd qilamiz”, — deyiladi Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da eʼlon qilingan postda.

Foydalanuvchilarga mablagʻlarni yechib olish uchun biriktirilgan manzil mavjudligini tekshirish tavsiya etilgan. Manzil tasdiqlanishi kerak (nomning yonidagi tasdiq belgisi bilan koʻrsatiladi).

Hamster Kombat joriy yilning 26-mart kuni Telegramʼda ishga tushirildi. U ishlab chiquvchilar tomonidan ekranga bosish va boshqa vazifalarni bajarish (tap-to-earn) orqali virtual tangalarni “qazib olish” oʻyini sifatida tavsiflanadi.