“Haqiqiy detektiv” muallifi yangi serialga Mettyu MakKonaxini taklif qildi

OAV Nik Pitssolatto (“Haqiqiy detektiv” muallifi) va Netflix striming xizmatining navbatdagi loyihasiga kasting o‘tkazilgani haqida xabar berdi. Nomi hali e’lon qilinmagan serialga “Oskar” mukofoti sohibi Mettyu MakKonaxi bosh rolni ijro etadi.
Shou tafsilotlari hozircha sir tutilmoqda. Aktyorlar tarkibiga Koul Xauser (“Yelloustoun” serialidan mashhur) ham kiritilgan. MakKonaxi va Pitssolatto ilgari “Detektiv” serialining birinchi mavsumida hamkorlik qilishgan.
Yaqinda ular xususiy izquvar Mayk Xammer haqidagi to‘liq metrajli film ustida yana birgalikda ishlayotgani ma’lum bo‘ldi.
MakKonaxi yil oxirigacha “Maktab avtobusi” nomli keskin syujetli trillerda rol ijro etadi. Pitssolatto esa o‘zining rejissyorlik debyutini Toronto kinofestivalida namoyish etiladigan “Izi valsi” filmi bilan qilgan.