Aloqada bo‘ling

Hayit bayrami kuni Toshkent metrosi qanday tartibda ishlashi maʼlum boʻldi

Hayit bayrami kuni Toshkent metrosi qanday tartibda ishlashi maʼlum boʻldi

Ramazon hayiti kuni Toshkent metropoliteni oʻz faoliyatini tonggi 04:00 dan boshlaydi. Bayram munosabati belgilangan qoʻshimcha dam olish kuni metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.

Ramazon hayiti kuni Toshkent metrosida poyezdlar harakatlanish tartibi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

30-mart, Ramazon hayiti kunida metro poyezdlari harakati odatdagidan 1 soat oldin, yaʼni soat 04:00 dan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshlaydi.

Poyezdlar harakati intervali shanba kuni uchun belgilangan jadval asosida tashkil etiladi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan belgilangan qoʻshimcha dam olish kunida (31-mart) metro poyezdlari intervali yakshanba kuni uchun tasdiqlangan grafik asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.