“Hayvonlar shahri 2” yakuniy treyleri taqdim etildi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Disney “Hayvonlar shahri 2” multfilmining so‘nggi treylerini e’lon qildi. Davom filmi 26-noyabrdan chet el kinoteatrlarida namoyish etiladi.
Syujet quyon Judi va tulki Nikning yangi sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Qahramonlar Hayvonlar shahrining go‘zal dunyosini xavf ostiga qo‘ygan sirli ilonni ta’qib qilishadi.
Ovozlarni Jeyson Beytman, Mendi Mur, Ke Xui Kuan, Idris Elba, Makoley Kalkin va boshqalar ijro etishgan.
Birinchi “Hayvonlar shahri” 2016-yilda ekranlarga chiqib, jahon bo‘ylab 1 milliard dollardan ortiq daromad keltirgandi.