“Hech kim buni istamaydi” seriali uchinchi mavsumga ega bo‘ladi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov
Netflix “Hech kim buni istamaydi” romantik komediyasini rasman uchinchi mavsumga uzaytirgani haqida OAV xabar bermoqda.
Bosh rollarga Kristen Bell va Adam Brodi qaytadi. Syujet jinsiy aloqa haqidagi podkast olib boruvchisi va munosabatga kirishgan ravvin atrofida rivojlanadi.
Serial 2024-yilda striming xizmatida namoyish etildi va tanqidchilar tomonidan yuqori baholandi. Ikkinchi mavsum oktyabr oyining oxirida efirga uzatildi.
Serialda shuningdek, Jastin Lyupe, Timoti Saymons, Leyton Mister va Arian Moayed ham rol ijro etishgan. Uchinchi mavsumning aniq chiqish sanasi hozircha ma’lum emas.