Sport

Husanovga raqobatchimi? “Manchester Siti” “Inter” himoyachisini o‘z safiga qo‘shmoqchi

Husanovga raqobatchimi? “Manchester Siti” “Inter” himoyachisini o‘z safiga qo‘shmoqchi

“Manchester Siti” klubi himoya chizig‘ini kuchaytirish niyatida yangi futbolchi bilan muzokaralarga kirishdi. Angliyaning top jamoasi ayni damda Italiya A Seriyasining “Inter” safida to‘p surayotgan niderlandiyalik o‘ng qanot himoyachisi Denzel Dyumfris bilan jiddiy qiziqmoqda.

Manbalar xabariga ko‘ra, Dyumfrisning shartnomasida 15-iyulga qadar amal qiluvchi 25 million yevro miqdoridagi tovon puli bandi mavjud. “Manchester Siti” aynan shu banddan foydalanishni ko‘zlamoqda. Klub rahbariyati uni jamoani tark etgan Kayl Uokerning o‘rnini bosuvchi sifatida ko‘rmoqda.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Avvalroq Dyumfris xizmatiga “Barselona” ham qiziqish bildirgani aytilgan edi. Biroq hozirga qadar bu boradagi muzokaralar natija bermagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 28 yoshli Dyumfris o‘tgan mavsumda turli musobaqalarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va 6 ta golli pas bergan. U “Inter” bilan 2028-yilgacha amalda bo‘lgan shartnomaga ega. Transfermarkt nashri futbolchining qiymatini 35 million yevroga baholagan.