Marhum xonanda Husniddin Xoliqovning yana bir qizi turmushga chiqdi
Muallif:
Mahkamov Humoyun

Imon Xoliqova turkiyalik yigitga turmushga chiqqani aytilmoqda. Yoshlar Chilonzor tumanidagi FHDYda nikohdan oʻtgan.
Husniddin Xoliqovning yana bir qizi Imon turmushga chiqdi. U 9-iyul kuni Chilonzor tumanidagi FHDYda nikohdan oʻtgan.
Bu haqda uning opasi Farangiz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar bergan va yoshlarga bitmas-tuganmas baxt tilagan.
Tarmoq foydalanuvchilari Imon turkiyalik yigitga turmushga chiqqanini taxmin qilmoqda. Shuningdek, izohda qizning qoʻlidagi tatiurovkasi ham muhokamalarga sabab boʻlgan.