“Ijtimoiy tarmoq 2” suratga olinish muddatlari e’lon qilindi

World of Reel portali “Ijtimoiy tarmoq 2” suratga olish ishlari yaqin orada boshlanishini xabar qildi. Taxminlarga ko‘ra, sikvel maydonidagi kameralar oktyabr oyida ishga tushadi.
Filmning rejissyori va ssenariy muallifi birinchi qism muallifi Aaron Sorkin bo‘ladi. Loyihaning ishchi nomi “Goliaf”. Suratga olish ishlari joriy yilning 20-oktyabridan 10-dekabrigacha Vankuverda olib boriladi.
Ilgari filmda bosh rollarni “Oskar” mukofoti sovrindori Mayki Madison (“Anora”), Jeremi Allen Uayt (“Ayiq”) va Jeremi Strong (“Merosxo‘rlar”) ijro etishi ma’lum bo‘lgandi. Syujet jurnalist Jeff Horovits va uning axborotchisi, Facebook`ning sobiq xodimi Frances Haugen atrofida rivojlanadi.
Aniq chiqarilish sanasi hali noma’lum. Tarqatish bilan Sony Pictures shug‘ullanadi. Birinchi “Ijtimoiy tarmoq” 2010-yilda chiqarilgan bo‘lib, uni Devid Fincher suratga olgan edi.