Istanbulda tomosha qilishga arziydigan joylar: eng yaxshi turk seriallarida ko‘rsatilgan TOP 5 ta manzara

Turk seriallari nafaqat dramatik syujetlari va chiroyli aktyorlari, balki ajoyib shahar manzaralari tufayli ham butun dunyoda mashhurlikka erishdi. Har bir sahna go‘yo otkritka — Eski shahar ko‘chalari, moviy dengiz, tog‘lar va muhtasham saroylar. Istanbuldagi eng mashhur joylar bo‘yicha sayohat qo‘llanmasini tuzdik: xaritaga belgilab qo‘ying va sevimli qahramonlaringiz yurgan izlardan boring.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
“Leyla” serialidagi rang-barang ko‘chalar — Balat tumani
Istanbulning eng qadimiy tumanlaridan biri bo‘lgan Balat o‘z tarixi bilan “nafas oladi”. “Leyla” serialida bosh qahramonlar tor va rang-barang ko‘chalarda, yog‘och balkonli uylari va qadimiy do‘konchalari bo‘lgan binolar orasida sayr qilishadi.
Bu yerda siz Merjan Yokushu ko‘chasiga burilib, serial suratga olingan shinam qahvaxonalarni, shuningdek, Muqaddas Georgiy pravoslav cherkovini ko‘rishingiz mumkin. Balat — ertalabki sayr uchun ideal: ko‘chalar sokin, shahar endi uyg‘onmoqda.
“Agar qirol yutqazsa” serialidagi Istanbulning ikki qiyofasi
“Agar qirol yutqazsa” serialida Istanbulning ikki qarama-qarshi tomoni — hashamat va soddalik ajoyib tarzda aks etgan. “Lyuks” manzillardan biri: Dolmabahche saroyi. Bu saroy sayyohlar uchun ochiq va albatta borishga arziydi: billur narvonlar, marmardan ustunlar, oltin suvi yugurtirilgan shiftlar va Bosforga ochiladigan manzara — barchasi hayratlanarli!
Soddaroq joy esa: Beshiktash bozori. Bu yerda siz haqiqiy turk madaniyatining ruhini his qilasiz. Restoranlar, do‘konlar, barlar, kofeshoplar va mahalliy brend do‘konlari bir joyda jamlangan.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
“Tungi ertak” serialidagi Galata minorasi yaqinidagi tunli uchrashuv
Tungi Istanbulni ko‘rib hayratdan “o‘lish” mumkin — albatta, ramziy ma’noda. Eng romantik uchrashuvlar uchun joy: Galata minorasining kuzatuv maydonchasi. Bu yerga quyosh botganidan keyin chiqing: Bosfor ustidagi yoritilgan ko‘priklar va yaltirab turgan shahar ko‘chalari manzarasi sizni sehrlab qo‘yadi.
Keyin pastga, Topxona tumaniga tushishingiz mumkin — u yerda san’at galereyalari, barlar va restoranlar joylashgan. Serialning ayrim sahnalari ham aynan shu yerda suratga olingan.
Istanbulning ishbilarmon ruhi: “Eshigimni qoq” serialidagi ART Life ofisi
Ishbilarmonlik muhitini qadrlovchilarga mos manzil: Serkan Bolatning me’morlik kompaniyasi ofisi. Aynan shu joyda u va Eda Yildiz o‘rtasidagi barcha muhim voqealar yuz bergan.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Qiziq jihati: bu joy haqiqiy va faol ishlatiladigan hudud bo‘lib, ko‘plab turk kompaniyalari ofislari shu yerda joylashgan. U “biznes shaharchasi”ni eslatadi. Instagram uchun rils olishga mos keladi, balki siz ham bu yerda o‘z Serkaningizni uchratarsiz.
“Qo‘rg‘on sirlari” (Zimorodok) serialining to‘y manzili — Adile Sulton saroyi
Istanbul bo‘ylab sayohatimizni Adile Sulton saroyi bilan yakunlaymiz. Aynan shu yerda Seyran va Ferit ikkinchi bor, bu safar chin dildan va haqiqiy muhabbat bilan, turmush qurishdi. Qiziqarli fakt: saroy 1986-yildagi yong‘indan keyin tiklangan, bu ishni tadbirkor Sakip Sabanjining homiyligi ostida amalga oshirilgan. U aktrisa Hande Erchelning kuyovining qarindoshi hisoblanadi!
Bu hashamatli hududda nima qilish mumkin? Sayr qilish, tabiat va saroy majmuasining go‘zalligidan bahramand bo‘lish hamda bir kun siz ham shunday joyda, qo‘lingizni so‘rashganda “ha” deb aytishni orzu qilish mumkin.