Jazirama boshlandi: 4-aprel kuni havo harorati +30 darajaga koʻtariladi

“Oʻzgidromet” 4-aprel, juma kuni Oʻzbekiston boʻylab qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 20-25° boʻladi.
Navoiy va Buxoro viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° boʻladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° boʻladi.
Qashqadaryo viloyati
Havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 28-33° boʻladi.
Surxondaryo viloyati
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 28-33° boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari
Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° boʻladi.