Jeff Bezosning to‘y marosimi: “ozempikli” mehmonlar, kelinning 27 ta libosi va 2025-yil yozining eng qimmat tantanasi tafsilotlari

Amazon asoschisi va dunyodagi eng boy insonlardan biri Jeff Bezos hamda jurnalist Loren Sanchesning to‘yi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosim o‘z ortida turli hissiyotlar qoldirdi va ijtimoiy tarmoqlarda millionlab izohlar paydo bo‘ldi. Kimdir bu tantanani haqli ravishda qimmat deya baholadi, boshqalar esa milliarderning “pulingni havoga sovurding” deb tanqid qilishdi. Ammo befarq qolganlar yo‘q. Xo‘sh, 2025-yil yozining asosiy to‘yi qanday o‘tdi? Bu haqida batafsil sharhimizda o‘qib oling.
To‘y manzili
Bezos va Sanchesning to‘y tantanalari uch kun davom etdi — 26-iyundan 28-iyungacha, asosiy ziyofat oxirgi kuni bo‘lib o‘tdi.
Tayyorgarlik esa iyun o‘rtalarida Koru nomli sevimli yaxtada bo‘lib o‘tgan ko‘pikli unashtiruv marosimi bilan boshlandi. Kuyov 61 yoshda, kelin esa 55 yoshda.
Asosiy to‘y marosimi esa Italiyada, aniqrog‘i Venetsiyada o‘tkazildi. Birinchi kuni mehmonlar Madonna-del-Orto cherkovi oldidagi ziyofatda kutib olindi. Asosiy to‘y marosimi esa Venetsiyadagi orollardan biridagi San-Jorjo-Majore bazilikida bo‘lib o‘tdi. Mish-mishlarga ko‘ra, bu vaqtda ular qonuniy nikohdan o‘tmagan — hech bo‘lmaganda ular nikoh uchun rasmiy ariza topshirmagan. Shuning uchun ular avvalroq turmush qurishgan bo‘lishi mumkin degan taxminlar bor.
To‘yda kimlar ishtirok etdi?
Bezos va Sanchesning to‘yi “Oskar” yoki boshqa nufuzli tadbirlarning qizil yo‘lakchasiga qiyoslanmoqda. Suratlardan ko‘rinishicha, yulduzlar kontsentratsiyasi juda yuqori bo‘lgan. Go‘yo butun mashhurlar bu to‘yga yig‘ilgan: Bill Geyts, Ivanka Tramp, Leonardo Di Kaprio, Kendal va Kayli Jenner, Orlando Blum, hatto Iordaniya malikasi Raniyaga qadar!
Shuningdek, izohchilarning aytishicha, bu to‘y “Ozempik reklama kampaniyasi”ga o‘xshab ketgan — mashhurlar orasida bu dori yordamida ozgani taxmin qilinayotganlar ko‘p edi. Ular orasida Opra Uinfri, Kris Jenner va boshqalar bor edi. Hammasi xursand, nurli va ortiqcha vaznsiz.
Loren Sanchesning 27 ta libosi
Loren Sanches Bezos bilan to‘y marosimi davomida 27 ta turli libosni almashtirdi: ular orasida Dolce&Gabbana, Schiaparelli, Oscar de la Renta, Versace va Alexander McQueen’ning asarlari bo‘lgan.
Ammo asosiy libos — ya’ni sajdagoh (altar) oldida kiyilgan to‘y libosi — kelinning do‘stlari Domeniko Dolche va Stefano Gabbana tomonidan tikilgan. U ilhomni aktrisa Sofi Lorenning “Sokin uy” filmidagi afsonaviy libosidan olgan va uni tikishga 900 soat vaqt ketgan! Loren Sanchesning to‘y libosi ipak shifondan tayyorlangan 180 ta tugmacha bilan bezatilgan. Jurnalist ayolning aytishicha, bu uning hayotidagi “eng yopiq” va kamtar obraz bo‘lgan.
“Jeffni bu libosni yoqtirishiga va u xursand bo‘lishiga ishonaman. Bu obraz juda nafis va abadiy qoladigan ko‘rinishda bo‘ladi”, — degan kelin Vogue’ga bergan intervyusida.
Janjalsiz bo‘lmadi — Venetsiya aholisi “qo‘zg‘oloni”
Bezos va Sanchesning to‘yi nafaqat yulduzlar soni, balki janjallar bilan ham esda qoldi. To‘y Venetsiyada o‘tishi haqidagi xabar mahalliy aholining noroziligiga sabab bo‘ldi. “No Space for Bezos” (Bezosga joy yo‘q) nomli harakat paydo bo‘lib, ular marosimni shaharning markazidan uzoqroq joyga ko‘chirishga erishdi. Hatto mahalliylar mehmonlar suv yo‘li bilan harakatlana olmasligi uchun kanallarni to‘sib qo‘yish bilan tahdid qilishdi.
Bezos va Sanchesning to‘yi qanchaga tushdi?
Bu yilning eng qimmat to‘yi bo‘lgan ko‘rinadi — Reuters’ning ma’lumotlariga ko‘ra, to‘yning umumiy xarajati 46 dan 56 million dollargacha baholangan.
Italiya Turizm vazirligining “kamtarona” hisob-kitobiga ko‘ra, milliarder va TV yulduzining Venetsiyadagi to‘yi mamlakat byudjetiga 1 milliard yevroga yaqin daromad keltiradi! Bu esa, tasavvur qiling, Venetsiya turistik oqimidan yiliga olinadigan daromadning 68 foizini tashkil qiladi.
Bundan tashqari, Bezos Venetsiyaning ekologiyasi va ilm-fan rivojiga: 1 milliondan CORILA jamg‘armasiga, YUNESKOga va Venetsiya xalqaro universitetiga 3 million yevro xayriya qilgan.