Jeki Chan ishtirokidagi “Panda operatsiyasi” filmi oʻzbek tiliga dublyaj qilindi
                            Muallif: 
            
                                                Shohzamon Shuhratov
                                    
                            
            
            Kinopoisk onlayn platformasida Jeki Chan ishtirokidagi “Panda” operatsiyasi" filmi namoyish etila boshladi. Premyera oʻzbek tiliga ham dublyaj qilingan.
Tarjima va dublyajni avvalroq “Tarjimon”, “The Equalizer” , “Nojentlmencha ishlar vazirligi”, “Garfild”, “Bad Boys: Ride or Die” va boshqa filmlarni oʻzbek tiliga oʻgirgan “Kitchen Russia” dublyaj studiyasi amalga oshirdi.
Personajlarga quyidagi dublyaj ustalari ovoz bergan:
- Bexzod Muhammadkarimov;
 - Aziz Latipov;
 - Ixtiyot Otajonov;
 - Laziza Mirkomilova;
 - Zarina Otajonova;
 - Otabek Iskandarov;
 - Isomiddin Boymirzayev;
 - Diyorbek Ibragimov;
 - Oʻtkir Alimov;
 - Dildora Qahhor;
 - Ruxshona Ne’matjonova.