Aloqada bo‘ling

Jennifer Lopes uni Toshkentda qanday kutib olishganini ko‘rsatdi (video)

Jennifer Lopes uni Toshkentda qanday kutib olishganini ko‘rsatdi (video)

7-avgust kuni amerikalik qo‘shiqchi Jennifer Lopes Instagram`da O‘zbekiston poytaxtidagi samimiy qabuldan bir qator videolarni e’lon qildi.

Avvalroq san’atkor roliklaridan birida katta dasturxon bezatilgan zaldan Toshkent manzaralarini namoyish etib, ko‘k fitnes-kostyumda raqsga tushgandi.

Boshqa bir videoda Lopes konsert oldidan o‘ziga berilgan sovg‘a — o‘z portreti tushirilgan laganni ochmoqda.

Suvenirni ko‘zdan kechirar ekan, qo‘shiqchi e’tibor uchun minnatdorchilik bildirdi.