Kino

Jessika Alba o‘zidan 12 yosh kichik aktyor bilan munosabat qurdi

Jessika Alba o‘zidan 12 yosh kichik aktyor bilan munosabat qurdi

Paparatssilar bir necha oy oldin turmush o‘rtog‘i, prodyuser Kesh Uorren bilan ajrashgan Jessika Albaning yashirin sevgilisi kimligini aniqlashga erishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 44 yoshli aktrisaning yangi sevgi obekti “Lochin va Qishki askar” hamda "Kapitan Amerika: Yangi dunyo” kino-komikslarida rol o‘ynagan 32 yoshli Denni Ramires ekan.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Ichki manbalarga ko‘ra, juftlikning munosabatlari uncha jiddiy emas. Hozirgi paytda Jessika yaqinda ajrashgan ayol sifatida erkin hayotdan zavqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jessika Alba va Kesh Uorren 20 yil birga hayot kechirgan.