Kino

Jeyms Kemeron “Avatar 3” filmining xronometrajini e’lon qildi

Jeyms Kemeron “Avatar 3” filmining xronometrajini e’lon qildi

“Oskar” sovrindori, rejissyor Jeyms Kemeron o‘zining yangi blokbasteri “Avatar: Olov va kul”ning taxminiy davomiyligini ma’lum qildi.

Kemeronning aytishicha, film taxminan uch soat davom etadi.

“Ajablanarli, shunday emasmi?” — deb hazillashdi rejissyor Variety nashriga bergan intervyusida.

Birinchi “Avatar” filmi ikki soat-u 42 daqiqa, “Suv yo‘li” nomli davomi esa uch soat-u 12 daqiqa davom etgan edi.

Yangi qismda aktyorlar Sem Uortington, Zoi Saldana va Sigurni Uiver yana ishtirok etadi.

Syujet Jeyk Salli va uning na’vi qabilasidan bo‘lgan oilasining Pandorada yashovchi Kul xalqining jangovar odamlari bilan kurashi haqida hikoya qiladi. Film 19-dekabrda namoyish etiladi.