Kino

Jonni Dep “Karib dengizi qaroqchilari”ga qaytishi mumkinmi? Aktyor javob berdi

Jonni Dep “Karib dengizi qaroqchilari”ga qaytishi mumkinmi? Aktyor javob berdi

Jonni Dep franshiza prodyuseri Jerri Brukxaymer bilan “Karib dengizi qaroqchilari”ning kelajak rejalarini muhokama qildi.

“Agar unga taklif etilgan rol ma’qul kelsa, u buni qabul qiladi deb o‘ylayman. Bilganimizdek, barchasi ssenariyga bog‘liq”, — dedi Brukxaymer Entertainment Weekly’ga bergan intervyusida.

Oltinchi qism syujetining tafsilotlari hamon noma’lum. Ilgari Brukxaymer film qayta ishlanishi haqida aytgandi. Shu bilan birga, u Margo Robbi ishtirokidagi “Qaroqchilar” spinofini ham ishlab chiqmoqda.

Dep 2003-yildan 2017-yilgacha qaroqchi Jek Chittakni gavdalantirgan edi. Aktyorning sobiq rafiqasi Ember Xyord tomonidan uyda zo‘ravonlik qilganlikda ayblanganidan so‘ng Disney Depp bilan shartnomani bekor qilgan.

2022-yilda Dep tuhmat ishi bo‘yicha sudda g‘alaba qozondi. Yaqinda u “Modi: Telbalik qanotida uch kun” nomli biografik film suratga oldi. Kelasi yili Lionsgate studiyasi tomonidan uning ishtiroki bilan “Mayxo‘r” trilleri namoyish etiladi.