Kino

Jorj Kluni ishtirokidagi “Jey Kelli” filmining yangi treyleri e’lon qilindi

Jorj Kluni ishtirokidagi “Jey Kelli” filmining yangi treyleri e’lon qilindi

Netflix “Jey Kelli” dramkomediyasining rasmiy treylerini taqdim etdi. "Nikoh tarixi" filmining rejissyori Noa Baumbakning yangi loyihasi 5-dekabr kuni strimingda chiqariladi.

Film syujeti Gollivud aktyori (Jorj Kluni) va uning menejerining (Adam Sendler) Yevropa bo‘ylab sayohati haqida hikoya qiladi. Ular oila, hayotiy tanlov, o‘z ahamiyati va boshqa mavzular bo‘yicha mulohaza yuritishadi.

Ikkinchi darajali rollarda Lora Dern, Billi Krudap, Greta Gervig, Patrik Uilson, Rayli Kio va boshqalar suratga tushishgan. “Jey Kelli” filmining jahon premyerasi Venetsiya kinofestivalida o‘tkazildi.

Tanqidchilar filmni ijobiy baholashdi (Rotten Tomatoes`da 78% ijobiy baho).