“Juda g‘alati ishlar” seriali finali ikki soat davom etadi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Aka-uka Ross va Matt Dafferlar Variety nashriyotiga katta intervyu berib, “Juda g‘alati ishlar” seriali beshinchi mavsumining yakuniy qismi ikki soat davom etishini ma’lum qilishdi.
Shuningdek, ular to‘rtinchi mavsum finali va beshinchi mavsum boshlanishi orasida 18 oy o‘tishini aytishdi. Barcha asosiy qahramonlar Houkinsda bo‘ladi.
Serial ijodkorlari, shuningdek, “Juda g‘alati ishlar”ning so‘nggi qismini kinoteatrlarda to‘liq namoyish etishni xohlaganliklarini tan olishdi.
Ammo Netflix rahbariyati bu taklifni rad etdi. Yangi mavsumning birinchi qismi 26-noyabrda, ikkinchi qismi esa 25-dekabrda efirga uzatiladi. Oxirgi qismlar Yangi yil arafasida namoyish etiladi.