Kino

“Juda g‘alati ishlar” seriali yakuniy mavsumini yaratish haqidagi video taqdim etildi

“Juda g‘alati ishlar” seriali yakuniy mavsumini yaratish haqidagi video taqdim etildi

Netflix “Juda g‘alati ishlar” serialining beshinchi va so‘nggi mavsumi haqidagi maxsus videoni taqdim etdi.

Yangi qismlar 26-noyabr, 25 va 31-dekabr kunlari efirga uzatiladi. Jami sakkizta qism rejalashtirilgan. Voqealar 1987-yilning kuzida Xokinsda kechadi.

Serialda Milli Bobbi Braun, Vaynona Rayder, Devid Xarbor, Finn Vulfxard, Noa Shnapp, Sedi Sink, Jeymi Kempbell Bauer, Linda Xemilton va boshqalar rol ijro etgan.